Laboratoriya tahlillari

Tashxisni qo‘yishda va davolash taktikasini aniqlashda laboratoriya diagnostikasi muhim rol o‘ynaydi. Keng ko‘lamdagi tahlil o‘tkazuvchi laboratoriyaning borligi ko‘p hollarda vrachga bemorda yuzaga kelgan buzilishlar sababini, patologik jarayonning ifodalanganligi darajasini va sh.k.ni aniqlash imkonini beradi.
 
“Sog’lom Avlod” shifoxonasida tibbiy diagnostika laboratoriyasida umumklinik, biokimyo, bakteriologik, sitologik, gistologik, molekulyar-biologik, immunologik, gematologik va boshqa ko‘plab tekshiruvlar o‘tkaziladi. Umuman olganda, laboratoriyamiz 1600 dan ziyod tekshiruvlarni o‘tkazishi mumkin.